Sport | 23:30 / 20.12.2018
15658
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining eng chiroyli goli aniqlandi

«Barselona» yarimhimoyachisi Ivan Rakitichning «Tottenhem» darvozasiga urgan goli Chempionlar Ligasi guruh bosqichida eng chiroyli deb topildi.

Futbolchi Londonda o‘tgan bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan, uning jamoasi esa 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Rakitich sovrin uchun kurashda «Inter» hujumchisi Mauro Ikardining «Tottenhem»ga (2:1) urgan goli, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Manchester Yunayted»ga (1:2) urgan goli va «Barselona» hujumchisi Usmon Dembelening «Tottenhem»ga (1:1) urgan golini ortda qoldirdi.

Mavzuga oid