Jamiyat | 11:09 / 21.12.2018
14766
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: urug‘lik donlarni talon-taroj qilgan moddiy javobgar shaxs qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2018 yil dekabr oyida Bosh prokuratura huzuridagi Inspektsiyaning Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan “Quvadonmahsulotlari” AJga qarashli, “B” don qabul qilish shoxobchasida fermer xo‘jaliklariga urug‘lik donlarni tarqatilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Inspektsiyaning Kun.uz’ga xabar berishicha, tekshirishda “B” don qabul qilish shoxobchasi mudiri B.B. “G‘alla-2019” hosili uchun Quvasoy shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi jami 38 fermer xo‘jaliklariga yuk xatlari orqali jami 94,945 kg. 206 mln 410 ming so‘mlik urug‘lik donlarni tarqatgan bo‘lsa-da, biroq ushbu fermer xo‘jaliklariga urug‘lik donlarni tarqatilganligini tasdiqlovchi kitobga va yuk xatlarining o‘zida qolgan asl nusxalariga qalbaki yozuvlar kiritish yo‘li bilan jami 7,475 kg, 16 mln 252 ming so‘mlik urug‘lik donlarni qo‘shib yozib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura byudjyet mablag‘lari talon-taroj qilinishiga oid yana bir holatni aniqlagandi.

Mavzuga oid