Light | 22:47 / 24.12.2018
15074
2 daqiqa o‘qiladi

Ovqat konteynerlarida qanday xavf bor?

Konteynerlardan tobora ko‘p foydalanyapmiz. Ularda ovqat qoldiqlarini saqlash yoki taomni o‘zingiz bilan olib ketish qulay. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra, konteynerlarda xavf yashirin.

Nima uchun ovqat konteynerlari xavfli?

Plastik konteynerlar o‘tgan asrning o‘rtalarida kashf etilgan. Ular Tupperware markasi ostida ishlab chiqarilgan. Bu brend hozirgi kunda ham mavjud. Kompaniya istalgan ta'b uchun yuqori sifatli idishlarni ishlab chiqaradi.

Qayd etish lozimki, hamma ishlab chiqaruvchilar ham super sifatli buyumlarni yaratish imkoniyatiga ega emas.

Plastik idish asosan polikarbonat plastikdan ishlab chiqariladi. Qizish vaqtida bisfenolning katta dozasi ajralib chiqadi. Tabiiyki, kimyoviy moddaning bir qismi ovqatga tushadi, keyin esa inson organizmiga.

Bisfenol nimasi bilan zararli?

Bisfenol estrogenning analogi sanaladi. U miya va reproduktiv tizimga ta'sir qiladi. Bisfenol homilador va ko‘krak suti bilan boquvchi ayollar uchun ayniqsa xavfli.

Bu kimyoviy moddaning organizmga tushishi bolaning psixofizik buzilishlar bilan tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. U keng miqyosda autizmdan tortib aqliy rivojlanishdan ortda qolishgacha ko‘rinishlarda yuzaga kelishi mumkin. Kattalar uchun bisfenol onkologik kasalliklar rivojlanishi bilan xavf tug‘diradi.

Bisfenol to‘planuvchi ta'sirga ega, shuning uchun doimiy ravishda plastik idish, konteynerdan foydalanish va suvni butilkalardan ichish tavsiya qilinmaydi.

Mavzuga oid