Light | 00:57 / 24.12.2018
20212
4 daqiqa o‘qiladi

Tushkunlik holati onkologik kasallikka aylanmasligi uchun uni transformatsiya qiling

Xafagarchilik muammolarimizni hal etmaydi, faqat hayotiy zarur bo‘lgan kuchimizni olib, bizni ruhan azoblaydi.

Tushkunlik, xafa bo‘lish nima ekani hamda ko‘p aytilgan va yozilgan... Barchamiz xafa bo‘lish yomon ekani, u ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishini bilamiz. Shunga qaramay, ko‘pchilik xafagarchiligini qo‘yib yuborishni istamaydi. Har bir kishining xafa bo‘lish uchun shaxsiy sababi bo‘ladi. U turlicha: katta va ulkan, chuqur yoki yashirin bo‘lishi mumkin.

Xafagarchilik  kasalliklar sari to‘g‘ri yo‘l

Xafalik hissi kishida unga nisbatan adolatsizlik, yoqimsiz holat, chuqur kamsitish, yolg‘on kabi holatlar yo‘l qo‘yilgan degan fikr mavjud bo‘lganda kuzatiladi.

Agar chuqur o‘rnashib olgan xafagarchiliklarni ko‘rsatadigan maxsus qurilma bo‘lganida ular tananing ichida mushakdagi zo‘riqish yoki qisqich ko‘rinishida ekaniga guvoh bo‘lardik. Kishi xafaligini yashirishga qancha harakat qilsa, mushaklari yanada kuchliroq siqiladi. Bu masalani o‘rgangan mutaxassislar xafagarchilik holatida tananing tepa qismi (diafragmadan yuqori) va bo‘g‘imlar aziyat chekishini ta'kidlaydilar. Bunda ko‘krak qafasi va tomoq mushaklari qattiq siqiladi.

Ba'zida xafagarchilikni indamay “yutib yuborish” holatlari kuzatiladi. Keyinchalik u tomoqda qattiq narsa ko‘rinishida qotib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan (kimdadir erta, kimda esa kechroq) ana shu joyda mushak zo‘riqishi qolib ketadi. “Siqilgan” holatdagi mushaklarda esa qon aylanishi kamayadi, o‘z navbatida immunitet pasayadi. Bu esa ko‘plab kasalliklarga olib boruvchi yo‘l.

Xafagarchilik  ko‘plab onkologik kasalliklarning sababi

Tibbiy oqibatlardan tashqari ruhiy jihatlari ham bor. Kun kelib xafa bo‘lgan tomon “portlashi” mumkin.

Yuqorida aytilganlardan shuni anglash mumkinki, xafa bo‘lish salomatlik uchun xavfli.

Turli xafagarchiliklar bilan kurashishning eng yaxshi usuli – sizning sabringiz, kechira olish va sizni kamsitish va tahqirlash harakatlariga e'tibor bermaslik. Biz shaxsiy hislarimiz va hayotimizning egasiligimizni yaxshi anglashimiz lozim.

Yodingizda bo‘lsin — xafa bo‘luvchi kishining hayoti odatda zerikarli va bir xil. Ruhiyatimiz shunday yaratilganki, u taassurotlarsiz ishlamaydi. Hayotni to‘laqonli his etish uchun balki boshqa usulni o‘ylab toparmiz? Masalan, ko‘nglingizga yoqqan ish bilan mashg‘ul bo‘lish. Axir o‘z ijodiy rejalarini amalga oshirish bilan band bo‘lgan faol odam ikkinchi darajali narsalarga diqqatini qaratishga moyil bo‘lmaydi.

Faqat o‘zimizgina hayotimizni o‘zgartirishimiz, uni yanada yorqin, to‘laqonli va qiziqarli ko‘rinishga keltirishimiz mumkin!

Mavzuga oid