OAV: «qattiq» Brexit Germaniya uchun yangi xarajatlarga aylanishi mumkin
Yevropa ittifoqining byudjyet bo‘yicha yevrokomissari Gyunter Ettinger fikricha, agar Britaniya tashkilot tarkibini kelishuvsiz tark etsa, Germaniya qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariyda Buyuk Britaniya tashkilot byudjyetiga to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydi, bu 2019 yilda Germaniya tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarga olib keladi. Ularning miqdori bir necha yuz million yevro bo‘ladi. Ettingerning ta'kidlashicha, Britaniya parlamenti mamlakat va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi kelishuvni hozir ham tasdiqlashi mumkin.
«Lekin, menimcha, Brexit mart oyi oxirida sodir bo‘ladi», - dedi Ettinger.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Irlandiyaning Brexit bo‘yicha rejasi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024