Jahon | 00:03 / 27.12.2018
13314
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda bir kunda uch nafar vazir lavozimiga tayinlandi

Qozog‘iston Mudofaa ishlari va aerokosmik sanoati vazirligi rahbari lavozimida ishlagan Beybut Atamqulov mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev qaroriga asosan Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda rasmiy Ostona xabar bergan

Beybut Atamkulov
Foto: tengrinews.kz

Shu paytgacha Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan Qayrat Abdrahmonov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan. Mudofaa ishlari va aerokosmik sanoati vazirligiga esa Askar Jumag‘aliyev vazir etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari maqomini saqlab qoladi. 

Askar Jumagaliyev.
Foto Turar Kazangapov

Jumag‘aliyev bunga qadar «Qazatomsanoat» MAK AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagandi.

Shuningdek, Investitsiyalar va rivojlanish vazirligidan qayta tashkil etilgan Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligiga ham rahbar tayinlandi. Endilikda yangi tashkil etilgan vazirlikni, avval ham vazir lavozimida ishlagan Jyenis Qosimbek boshqaradi.

Jyenis Kasymbek

Mavzuga oid