Jahon | 16:05 / 28.12.2018
7452
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda FETO tashkiloti terrorchi tashkilot deb tan olindi
Pokiston oliy sudi Fathulloh Gulenga qarashli FETO tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb tan olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Gulen harakatiga tegishli bo‘lgan Pokistondagi barcha maktablar Turkiya “Maorif” davlat fondi ixtiyoriga beriladi.
2016 yil 15 iyulda Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringandi. Anqara ushbu davlat to‘ntarishini tayyorlashda AQShda yashab kelayotgan Fathulloh Gulen va uning FETO tashkilotini ayblamoqda hamda uni Turkiyaga berishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024