Jahon | 17:32 / 28.12.2018
16121
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya va Buyuk Britaniya chiqarib yuborilgan diplomatlarni ortga qaytarishga kelishib olishdi
Moskva va London chiqarib yuborilgan diplomatlarni 2019 yil yanvardan boshlab ortga qaytarishga kelishib olishdi. Bu haqda Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Aleksandr Yakovenko ma'lum qildi.
— Biz yanvarda Moskva va Londonda diplomatik tarkiblar qayta tiklanishi bo‘yicha kelishuvga erishdik, — dedi u "Rossiya 24" telekanali efirida.
Buyuk Britaniya shu yilning martida 23 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgan va ularni persona non grata deb e'lon qilgandi. Moskva ham bunga xuddi shu tarzda javob qaytargandi. Rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishiga Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
00:10
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024