Jahon | 21:05 / 02.01.2019
43631
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar 5G ishlanmasini to‘xtatishga chaqirishmoqda

Foto: Thinkstock

Olimlar 5G texnologiyalarining tatbiq qilinishidan xavotirdalar. Mutaxassislarning fikricha, bunday aloqa turi insoniyat uchun fojiali bo‘lib, uning ishlanmasi to‘xtatilishi kerak.

Dunyodagi ilk 5G smartfonlar 2019 yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda, biroq bu odamlar va atrof-muhit uchun fojiaga aylanishi mumkin. Olimlar, shifokorlar, ekologik tashkilotlar vakillari - 30 mingga yaqin kishi 5gspaceappeal.org  saytidagi petitsiyani imzoladi, unda mazkur simsiz tarmoqni tatbiq qilishni to‘xtatish talab qilingan. Murojaatnoma BMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Yevropa Ittifoqiga yo‘llangan.

"Radiatsiya odamlar uchun halokatli. 5G tarmog‘ining yo‘lga qo‘yilishi insoniyat va atrof-muhit uchun tajribadir, bu esa xalqaro huquq normalariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birga, sayyoradagi ekologik tizimlar ham halokatli ta'sir ostida qoladi, 4G'ning o‘ziyoq asalarilar, qushlar va kapalaklar populyatsiyasi pasayishiga olib kelgan", - deya ta'kidlashmoqda ekspertlar.

Kampaniya ma'muri Artur Firstenbergning so‘zlariga ko‘ra, 5G radiatsiya ko‘rsatkichini shu darajaga olib chiqadiki, sayyoradagi hech bir jonzot uni chetlab o‘ta olmaydi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, JSST vakillari so‘nggi 20 yilda o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, mobil telefonlarning salbiy ta'siri amalda o‘z isbotini topmagan.

Mavzuga oid