Kema dengizda zaharli kimyoviy moddalar joylangan konteynerlarni yo‘qotib qo‘ydi
Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kemalardan biri MSC Zoe Shimoliy dengiz akvatoriyasidan o‘tayotgan vaqtda 270 ga yaqin konteynerni yo‘qotib qo‘ydi. Ulardan 3tasida zaharli va portlovchi organik peroksidlar saqlangan.
Panama bayrog‘i ostida harakatlanuvchi kema Portugaliyaning Sinish shahridan Germaniyaning Bremerxafen shahriga yo‘l olayotganda 1 yanvardan 2 yanvarga o‘tar kechasi Vatt dengizida bo‘ronga uchragan. Kamida 21 ta konteyner va uning ichidagi buyumlar – plazmali panellar, o‘yinchoqlar va mebel jihozlari Gollandiyaning Vliland va Tersxelling orollari sohillariga chiqarib tashlangan.
Dutch News nashrining ta'kidlashicha, konteynerlardan bir qismi Germaniyaning Borkum oroli sohillarigacha yetib kelgan. Tersxelling meri Bert Vassinkning aytishicha, sohilni ushbu chiqindilardan tozalash uchun bir necha kun kerak bo‘ladi.
Kema 2015 yilda suvga tushirilgan, uning uzunligi deyarli 400 metrni, eni esa 60 metrni, maksimal tezligi 23 uzelni tashkil qiladi. Kema 199 ming tonnagacha yuk tashiy oladi.
Mavzuga oid
10:30 / 26.12.2024
Rossiya yuk kemasining O‘rta Yer dengizidagi halokati. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
19:50 / 08.11.2024