Respublika bo‘ylab xorijga chiqish pasportini taqdim etish bo‘yicha hujjatlar qabul qilina boshlandi
O‘zbekiston viloyatlari markazlari hamda Toshkent shahrining 11 tumanida fuqarolardan xorijiy pasportni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilina boshladi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi Kun.uz’muxbiriga ma'lum qildi. Ta'kidlash o‘rinliki, viloyatlarda xorijga chiqish pasportlari viloyatlar MvaFRBda beriladi. Bundan avval, joylarda OVIR stikerlari viloyat markazlarida taqdim etilar, bu esa, fuqarolarning sarson bo‘lishi va uzoq vaqt yo‘qotishlariga, shuningdek, uzoq navbatda kutishlariga sabab bo‘layotgan edi.
Toshkent shahrida esa, bir kunda 600ga yaqin kishi tumanlardagi MvaFRBga murojaat qilgan.
«Toshkent shahrining 11 tumanidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida esa, 4 yanvar kuni 580 kishi dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish imkonini beruvchi pasportni olish uchun hujjat topshirdi. Ular 10 ish kunida yangi hujjatni qo‘liga olishadi. Buning uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Ish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday texnik nosozlik, navbatda turishlarga samarali barham berish choralari ko‘rilmoqda», - dedi ShIIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Yo‘ldoshev.
Xususan, Uchtepa tumani MvaFRB hujjatlar bilan ishlash chog‘ida vujudga kelgan qisqa texnik nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va 7 yanvardan boshlab bu yerda ham hujjatlar qabul qilinishi boshlanadi. Shoshilinch holatlarda hatto fuqarolarga shahar MvaFRB tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Ma'lumki, xorijga chiqish pasportlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan tayyorlanib, 10 ish kunida yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti «O‘zbekiston respublikasining 2019 yilgi davlat byudjyeti paramertlari va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va 2020-2021 yillardagi byudjyet prognozlari to‘g‘risida»gi hujjatni imzolagan edi.
Unga muvofiq, xorijga chiqish pasportini olish uchun belgilangan to‘lov eng kam oylik ish haqining 120 foizi sifatida belgilangan edi. Bu bugungi kunda 243 276 so‘mni tashkil etadi. 16 yoshga yetmagan bolalar uchun to‘lov EKIHning 80 foizi, ya'ni 162 184 so‘m, O‘zbekistonda doimiy istiqomat qilayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlar uchun to‘lov summasi EKIHning 100 foizi (202 730 so‘m) sifatida belgilangan edi.
Mavzuga oid
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:07 / 24.11.2024