Makgregor Meyvezer tomonidan «do‘pposlangan» yaponiyalik kikbokschi bilan jang o‘tkazmoqchi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorning Twitter'da yozishicha, yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazish istagida.
Sportchi ma'lum qilishicha, bokschi Floyd Meyvezerning so‘nggi raqibi bilan aralash yakkakurashlar qoidalari bo‘yicha uchrashishni xohlaydi. U bahsni 2019 yilning yozida o‘tkazishni mo‘ljallamoqda. «Iltimos, buni hoziroq tashkillashtiring», - deb yozgan Makgregor.
Natsukava va Meyvezer o‘rtasida boks qoidalariga ko‘ra tashkil etilgan ko‘rgazmali jang 2018 yilning 31 dekabrida Tokio shahrida bo‘lib o‘tdi. Bahs birinchi raundda yakunlandi. Amerikalik raqibini uch marta nokdaunga uchratdi, shundan so‘ng Nasukavaning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Qarama-qarshilik natijasi sportchilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi.
Meyvezer - to‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni. U professional ringda 50ta jang o‘tkazib, ularning har birida g‘olib chiqqan. Bokschi o‘zining oxirgi rasmiy jangini 2017 yil avgustida o‘tkazdi va o‘ninchi raundda nokaut bilan irlandiyalik Konor Makgregorni taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer yaponiyalik kikbokschi bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmaganini tan olgandi.
Mavzuga oid
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
14:14 / 26.10.2019