The Guardian 2019 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyurishni tavsiya qildi
Britaniyaning The Guardian gazetasi Qirg‘iziston va O‘zbekistonni 2019 yilda sayohatchilar uchun tavsiya etiladigan 40ta yo‘nalishdan iborat ro‘yxatga kiritdi. Ro‘yxat 5 yanvarda e'lon qilindi.
Qirg‘iziston
Markaziy Osiyodagi bu tog‘li davlat dengizga chiqish yo‘liga ega emas, biroq unda yovvoyi tabiatning ulkan hududlari mavjud, u yerda yarim ko‘chmanchi xalqlar hali ham burgutlar bilan ov qilishadi. Sayyohlar Issiqko‘lda, YuNESKOning biosfera qo‘riqxonasi bo‘lgan, qorli tog‘lar bilan o‘ralgan ko‘lda bunday an'anani ko‘rishlari mumkin.
Issiqko‘ldan g‘arbda joylashgan Qo‘chqor qishlog‘i piyodalar uchun yaxshi baza sanaladi, unda 4000 metrdan baland bo‘lgan dovonlar orqali o‘tuvchi joylar bor. Yo‘nalishlarning aksariyati o‘tov lagerlaridan o‘tadi, u yerda sayohatchilarga cho‘ponlarga qo‘shilish, shuningdek, qimiz tatib ko‘rish taklif qilinadi, deb yozadi nashr.
O‘zbekiston
2016 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, O‘zbekistonda izchil o‘zgarishlar yuz bermoqda, deya ta'kidlaydi The Guardian.
«Mamlakatning mashhur mehmondo‘stligi, ajoyib me'morchiligi va Buyuk ipak yo‘li merosini boshdan kechirishga intilgan sayyohlar uchun sharoitlar tezda yaxshilanmoqda», - deya qayd etadi gazeta.
The Guardian elektron vizalar joriy etilayotganini alohida ta'kidlagan. Bu ushbu davlatga tashrifni Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni mamlakatlarga safar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Istanbuldan Samarqandga parvozlar ochilishi bilan Londondan qadimiy shaharni ziyorat qilish ancha osonlashdi, asosiy turistik shaharlar esa endi tezyurar temir yo‘l transporti bilan bog‘langan.
«Poytaxt Toshkentga tashrif buyurmaslik xato bo‘ladi, - deya qayd etadi gazeta, - bu, shu jumladan, metro bekatlarida fotosuratga olish bo‘yicha taqiq bekor qilingani bilan bog‘liq».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Financial Times O‘zbekiston va Tojikistonga tashrif buyurishni tavsiya qilgandi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024