Sport | 09:33 / 09.01.2019
9510
2 daqiqa o‘qiladi

Liga Kubogi. «Tottenhem» «Chelsi»dan ustun keldi

Foto: Getty Images

Angliya Ligasi Kubogi 1/2 finalida «Tottenhem Hotspur» Londonning «Chelsi» klubini qabul qildi.«Uembli»da kechgan uchrashuv «shporlar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 26-daqiqasida Maykl Oliver videotakrordan keyin «Chelsi» darvozasi tomon penalti belgiladi va Harri Keyn «Tottenhem»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Bu gol Keyn uchun londonliklar klubi safida urilgan 160-gol bo‘ldi va u «Tottenhem» tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. 

«Shporlar» «ko‘klar»ni qatorasiga uchinchi marta mag‘lub etmoqda. 2018 yilning aprelida va noyabrida Maurisio Pochettino shogirdlari «Chelsi»ni APL doirasidagi o‘yinlarda bir xil - 3:1 hisoblarida mag‘lub etgandi.

«Chelsi» — «Tottenhem» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 22 yanvar kuni Londondagi «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Yarimfinaldagi ikkinchi juftlik «Manchester SIti» va «Berton»dan tashkil topgan.

Liga Kubogining 1/4 finalida «Tottenhem» «Arsenal»ni (2:0), «Chelsi» «Bornmut»ni (1:0) yenggandi. 

Angliya Ligasi Kubogi
1/4 final
Birinchi o‘yin
Tottenhem – Chelsi 1:0 (1:0, 0:0)
Gol
: 1:0 – 26, penalti Keyn.
Tottenhem – Gassaniga, Alderveyreld, Tripper, Sanches, Rouz, Uinks (Skipp, 90), Eriksen (Lorente, 90), Sissoko, Alli, Keyn, Son Xyn Min (Lamela, 79).
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Alonso, Ryudiger, Villian (Pedro, 63), Barkli (Kovachich, 75), Xadson-Odoi (Jiru, 79), Kante, Azar, Jorjino.
Ogohlantirishlar: Arrisabalaga (25), Uinks (29), Sanches (59), Lamela (82).

Mavzuga oid