Jahon | 08:55 / 10.01.2019
4535
1 daqiqa o‘qiladi
Xitrou aeroporti dronlarga qarshi vositalar bilan «qurollantirilishi» mumkin
Londondagi Xitrou aeroporti hududida uchuvchisiz uchar qurilmalarni aniqlash va ularni ishdan chiqarish bo‘yicha texnik vositalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, aeroportga uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan kurashishga ixtisoslashgan bir qancha kompaniyalar vakillari tashrif buyurgan.
Kompaniyalardan birining vakili telekanalga maxsus vositalar aerovokzal hududida bir kun ichida joylashtirilishi mumkin ekanligini aytgan.
8 yanvar, seshanba kuni Xitrou dron tufayli barcha reyslarni to‘xtatgani xabar berilgandi.