Yerga tushgan asteroid 1,5 kmlik ulkan sunami keltirib chiqargani ma'lum qilindi
AQShning Michigan universiteti olimlari Yerga 66 mln yil avval 14 kilometrlik asteroid tushishi oqibatida yuzaga kelgan ulkan sunamini modellashtirishdi.
Olimlarning fikricha, asteroidning tushishi dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan. Samo jismining Yerga urilishi zarbasi natijasida Yukatan yarimorolida diametri 180 km.lik va chuqurligi 17-20 km.lik Chiksulub krateri hosil bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, falokat tarixda misli ko‘rilmagan, balandligi 1,5 km.lik sunamining shakllanishiga olib kelgan. Ayni vaqtda fanga ma'lum eng baland to‘lqinlar 24 metr darajasida qayd qilingan.
Yuzaga kelgan to‘lqinlar soatiga 143 km tezlik bilan sayyoramizni bir necha marta aylanib chiqib, sekin-asta o‘z kuchini yo‘qotib borgan.
Asteroid tushishi oqibatida sunamidan tashqari, atmosferaga katta miqdorda yonayotgan zamin va meteorit bo‘laklari otilgan, bu esa katta ko‘lamdagi o‘rmon yong‘inlariga olib kelgan. Yong‘in tutunlari sayyoramizni bir necha yilga quyosh nurisiz qoldirgan, bu esa ko‘plab jonzotlarning qirilib ketishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
23:31 / 25.11.2024
«Ikkinchi Oy» nomini olgan asteroid 2055 yilga borib Yerdan uzoqlashadi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
00:35 / 08.10.2024