«Tatneft» O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘i tashkil etishni rejalashtirmoqda
«Tatneft» «Tatneft-AZS-Tashkent» MChJni O‘zbekistonda ta'sis qildi, deb xabar bermoqda «'» «Interfaks»ga asosan.
Rossiya neft kompaniyasi 2018 yil 26 dekabrda Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida savdo shu'ba tuzilmasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Hozirda uning biznes-rejasi ishlab chiqilmoqda, deya aytib o‘tishgan «Tatneft»dan.
Hozirgacha «Tatneft» O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalariga egalik qilmagan. 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra uning chakana tarmog‘i 691ta yoqilg‘i quyish shoxobchasidan iborat bo‘lib, ulardan 582tasi Rossiyada, 18tasi Belarusda, 91tasi Ukrainada joylashgan.
2018 yil noyabrida «Tatneft» rahbari Noil Maganov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Alisher Sultonov va «O‘zbekneftgaz» AJ davlat kompaniyasi vakillari bilan uchrashgandi.
«Tatneft» - Rossiya neft kompaniyasi. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. 1950 yilda tashkil topgan. 2016 yilda neft qazib olish hajmi 28,7 million tonnani tashkil etdi.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
16:56 / 20.12.2024
Farg‘onadagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari holati o‘rganib chiqiladi
16:39 / 15.12.2024
AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, o‘zida saqlab turgan «zapravka»larga chora ko‘rildi
07:30 / 04.11.2024