Dunyoning «eng aqlli» mamlakatlari ro‘yxati e'lon qilindi
Vouchercloud portali tadqiqotchilari dunyodagi «eng aqlli» 25 davlat ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ darajasi va maktablardagi o‘zlashtirish hisobga olindi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Yaponiya egalladi. Kunchiqar yurt uchala ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarga Shveytsariya, Xitoy, AQSh va Niderlandiya joylashdi. Xitoy aholi zakovat darajasi yuqori bo‘lgani uchun (ikkinchi o‘rin) uchinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, AQShga to‘rtinchi o‘rinda joylashishga Nobel mukofoti laureatlari soni yordam berdi.
Vouchercloud Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ko‘rsatkichlari yuqoriligiga alohida e'tibor qaratdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan va Singapur bilimli yoshlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda, ammo faqatgina Nobel mukofoti laureatlari soni kamligi sababli reytingda yuqorida joylasha olmadi.
Mavzuga oid
12:13
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024