Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziriga yangi ayblov qo‘yildi
Bishkek issiqlik elektr markazini modernizatsiyalashdagi korrupsiya holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov yakunlandi. Tergov davomida Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov boshchiligidagi bir qator mansabdor shaxslar TVeA kompaniyasi bilan nomaqbul shartnoma tuzib, davlatga 111 mln dollardan ko‘proq ziyon yetkazgani ma'lum bo‘ldi.
Shu sababli Isaqov 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, unga Tarix muzeyini ta'mirlashdagi korrupsiya holati bo‘yicha yangi ayblov qo‘yildi. Bu jinoiy ishning tergovi milliy xavfsizlik qo‘mitasida davom etmoqda. Tergov fikricha, bunda Isaqov va boshqa mansabdor shaxslarning jinoiy harakatlari davlatga 101 mln som (1,3 mln dollardan ko‘proq) ziyon keltirgan.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024