Jahon | 22:38 / 14.01.2019
10806
2 daqiqa o‘qiladi

Polshaning Gdansk shahri meri konsertdagi suiqasddan keyin vafot etdi

Foto: REUTERS / Agencja Gazeta / Bartosz Banka

Polshaning Gdansk shahri meri Pavel Adamovich 13 yanvar kuni konsert vaqtidagi suiqasdan keyin shifoxonada jon berdi.

Pichoq bilan qurollangan erkak siyosatchiga xayriya konserti vaqtida hujum qilgan. Mer bir nechta, jumladan yurak sohasidan jarohat olgan.

Shifokorlar Adamovichni voqea joyida jonlantirib, so‘ngra uni shifoxonaga yetkazishgan. Shifokorlar merning hayoti uchun 5 soat kurashishganiga qaramay, siyosatchi vafot etgan.

Bosqinchi qo‘lga olingan, uning qotillikni sodir etishi sababi rasman ma'lum qilinmagan.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlarning aytishicha, erkak hujum qilishi oldidan qonunga xilof ravishda qamoq jazosiga mahkum qilinganini aytib baqirgan. Qotil Gdanskda yashaydigan 27 yoshli erkak bo‘lib, u banklarni tunagani uchun qamalib chiqqan. Bir necha hafta avval u ozodlikka chiqqan. Shahar prokuraturasida ta'kidlanishicha, gumonlanuvchi o‘z aybini tan olmagan. 

Merning o‘limi sababli Varshavada 3 kunlik, Polsha bo‘ylab esa bir kunlik motam e'lon qilingan. Mamlakat prezidenti Anjyey Dudaning ma'lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab motam Adamovichning dafni kuni e'lon qilinadi. 

“Varshava meri qaroriga ko‘ra, 15, 16 va 17 yanvarda uch kunlik motam e'lon qilinadi”, deyilgan xabarda.

Mavzuga oid