Tramp tez kunlarda demokratlar AQSh aholisi uchun "jinoiy partiya"ga aylanishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada amerikaliklar Amerika-Meksika chegarasi himoyasi uchun budjet mablag‘lari ajratilishiga qarshi chiqayotgani sababli demokratlarga "jinoiy partiya" kabi munosabatda bo‘lishlarini bildirdi.
"So‘rovlar odamlar gumanitar inqiroz va Meksika bilan chegaradagi jinoyatchilik tahdidini anglay boshlaganini ko‘rsatmoqda. Ularning soni tez o‘smoqda, bu raqam 50%ga yetdi. Tez orada demokratlarga jinoiy partiya singari munosabatda bo‘lishadi", deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Shuningdek Donald Tramp "AQSh tomon yo‘lga chiqqan migrantlarning yangi karvonini faqatgina devor, po‘lat devor to‘xtatib qolishi mumkin" degan xulosani bildirdi.
Tramp demokratlarni "siyosiy o‘yinlar o‘ynashni bas qilishga va hukumat ishini to‘liq tiklashga" chaqirdi.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024