Jahon | 18:25 / 16.01.2019
4656
2 daqiqa o‘qiladi

McDonald's YeI mamlakatlarida Big Mac savdo belgisidan foydalanish bo‘yicha eksklyuziv huquqidan mahrum bo‘ldi

Foto: RIA NovostiAP Photo/Charles Rex Arbogast

Yevroittifoq intellektual mulk tashkiloti Amerikaning McDonald's restoranlar tarmog‘ini Yevropa davlatlarida Big Mac savdo belgisidan foydalanish bo‘yicha eksklyuziv huquqidan mahrum qildi. Bu haqda The Irish Times xabar qildi.

Xabar qilinishicha, McDonald's Irlandiyaning Supermac's restoranlar tarmog‘i bilan YeI hududida Big Mac savdo belgisidan foydalanish huquqi bo‘yicha sud ishida yutqazgan.  

McDonald's vakillari xaridorlar Supermac"s nomini Big Mac burgeri bilan adashtirib yuborishadi deya da'vo qilgandi. Supermac's esa McDonald's'ni u firma nomlarini "kelgusida bo‘lajak raqobatchilariga qarshi foydalanish uchun" ro‘yxatdan o‘tkazishda ayblamoqda.

Sud Mcdonald's taqdim etgan dalillar yetarli emas deb topdi. Bu esa Supermac's endilikda o‘zi istagan mahsulotga Big Mac nomini berishi mumkinligini bildiradi. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining restoranlar tarmog‘ini butun Yevropa bo‘ylab kengaytirish huquqiga ega bo‘ldi.

McDonald's 1996 yilda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida Big Mac savdo belgisidan foydalanish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgandi.

Mavzuga oid