Osiyo Kubogi. «Samuraylar» bilan jang oldidan so‘nggi tayyorgarlik (video)
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Pley-off yo‘llanmasini hal qilib olgan jamoalar endi guruh g‘olibi masalasiga oydinlik kiritishadi. O‘yindan bir kun oldin, 16 yanvar kuni jamoa uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida rasmiy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
Tas-IX
YouTube
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasi ko‘pchilikka ma'lum. Hozirga qadar O‘zbekiston Yaponiyani faqat bir marotaba – 2012 yilning fevral oyida JCh saralashi doirasida mag‘lub eta olgan. Toyota shahridagi o‘sha o‘yinda mezbonlarni 40 mingdan ortiqroq muxlis qo‘llab turgan, shunga qaramay yaponlar Aleksandr Shadrinning goliga javob qaytara olishmagandi.
Jamoalar hozirga qadar 10 marotaba uchrashgan. Yaponiya 1997 yilgacha o‘tgan ilk uchta o‘yinda g‘alaba qozonganidan keyingi davrda hali biror marta ketma-ket ikkita bahsda O‘zbekistonni mag‘lub eta olmagan. Yagona g‘alabadan tashqari o‘zbekistonliklar 3 marta durangga erishishgan, 6ta o‘yinda yaponlarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati – 9:28.
Qayd etish kerak, Yaponiya Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasida so‘nggi marta 2011 yilgi chempionatning ilk turida ochko yo‘qotgan edi (Iordaniya bilan durang o‘ynalgan). «Samuraylar» qit'a birinchiligi guruh o‘yinlarining shundan keyingi 7ta o‘yinida faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Shuningdek, JCh-2018 nimchorak finalidagi Belgiyadan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin o‘tgan 7ta uchrashuvdan buyon Yaponiyani mag‘lub etadigan jamoa topilmayapti (6 g‘alaba va 1 durang). Yaponlar Osiyo Kubogida eng ko‘p marta – 4 karra chempionlikka erishganini ham ta'kidlash zarur.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya–O‘zbekiston o‘yini bugun, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.
O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinga tayyor (fotoreportaj)
Mavzuga oid
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
20:30 / 21.12.2024