Jahon | 08:09 / 17.01.2019
5660
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Klinton tomonidan joriy etilgan favqulodda holat rejimini bir yilga uzaytirdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp 1995 yilda prezident Bill Klinton tomonidan Yaqin Sharqdagi terrorchilik faolligi tufayli joriy etilgan favqulodda holat rejimini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda TASS Oq uy matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

«Terrorchilar faolligi Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoniga tahdid solishda davom etmoqda va milliy xavfsizlikka xavf uyg‘otmoqda», - deya ma'lum qildi Tramp.

Uning ta'kidlashicha, shu sababli mamlakatda 1995 yil 23 yanvar kuni joriy etilgan favqulodda holat muddatlarini uzaytirish lozim. Qabul qilingan choralar 2019 yil 23 yanvardan keyin kuchga kirishi kerak.

«Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini to‘xtatishga tahdid solayotgan xorijdagi terrorchilar xavfi tufayli favqulodda holatni yana bir yilga uzaytiraman», - deya qo‘shimcha qilgan Amerika prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shifokorlar Trampning qo‘lidagi plastir tufayli «dramatik xulosalar»ga kelishgandi.

Mavzuga oid