O‘zbekiston | 10:51 / 18.01.2019
8263
2 daqiqa o‘qiladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yilga ustuvor vazifasi belgilandi

Band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shuningdek, kasbiy malakalar berish va tasdiqlashning umummilliy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yildagi ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida aytilgan.

Belgilanishicha, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tomonidan o‘z malakasini oshirish uchun ta'sirchan rag‘batlantiruvchi omillar yaratish, shu jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlarini tashkil etish hisobiga zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy e'tibor qaratilishi lozim.

Mavzuga oid