O‘zbekiston | 10:43 / 18.01.2019
8553
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Matbuot va axborot agentligiga yangi funksiya yuklandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari o‘rtasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risida keng ma'lumot berish va targ‘ib qilishni tashkil etish uchun mas'ul bo‘lgan PR-markaz funksiyasi yuklandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi, jumladan, PR-markaz funksiyasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini ishlab chiqadi.

Mavzuga oid