O‘zbekiston | 15:06 / 22.01.2019
4426
4 daqiqa o‘qiladi

LBMA «Doing Business»da O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul idora etib belgilandi

Foto: Pinterest

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul vazirlik va idoralar ro‘yxati tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish masalasi – mamlakat rahbariyatining diqqat markazida. So‘nggi paytda ushbu yo‘nalishda faol ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil may oyida tegishli chora-tadbirlar kompleksi muhokama qilingan edi. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh hamda aniq: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarga qaratilgan alohida ishchi guruhlarni tashkil etish taklif qilingan edi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ustida ishlash zarur bo‘lgan reytinglarning o‘zi to‘qqizta edi. Sharhda ushbu reytinglarni tuzish uslubiyati va ular doirasida baholash mezonlari, shuningdek respublikaning dolzarb (o‘sha paytda) pozitsiyasi haqida so‘z yuritgan edik.

Biroq birmuncha boshqa xatti-harakatlar rejasi qabul qilindi:

birinchidan, qo‘shimcha ishchi guruhlarni tashkil etmaslikka qaror qilindi, bu idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish bo‘yicha konsepsiyaga muvofiq keladi.
 
Buning o‘rniga vazirlik va idoralarda xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan ixtisoslashgan bo‘linmalar tashkil etiladi. Bu masaladagi nazorat-muvofiqlashtirish ishi esa prezident Administratsiyasining Prezidentning islohotlarni huquqiy ta'minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasida tashkil etilgan Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘'basiga yuklatildi;
 
ikkinchidan, avvalboshdan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘lami ancha kengaytirildi. Tasdiqlangan ro‘yxatda tarkibiy indikatorlarga bo‘lingan 15 ta reyting (indeks) mavjud. Loyihada qayd etilganidan tashqari, unda quyidagilar ham bor: Logistika samaradorligi indeksi, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi, Statistik salohiyat indeksi, Sanoat raqobatbardoshligi indeksi, Investitsiyalarni tartibga solishning cheklanganligi indeksi va Innovatsiyalar global indeksi.
 
LBMA «Doing Business» yillik reytingida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun mas'ul idora etib belgilangan. 2018 yildagi tegishli Yo‘l xaritasi bilan solishtirganda reytingning alohida indikatorlari doirasida ishlarni bajaradigan organlar o‘zgarmagan. Biroq idoralarning umumiy ro‘yxatida Davlat raqobat qo‘mitasi qayta tashkil etilgani aks ettirilgan. Shuningdek unga o‘tgan yili baholanmagan ikkita indikator: davlat xaridlari (Moliya vazirligi) va mehnat bozorini tartibga solish (Mehnat vazirligi) qo‘shilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki Guruhining «Doing Business 2019: Trainig for Reform» so‘nggi ma'ruzasida O‘zbekiston ikkita satrga tushgan bo‘lsa-da, alohida indikatorlar kesimida ijobiy dinamikani (foiz nisbatida) namoyon etib, 76-o‘rindan joy olgan.  
 
Hujjat 18.01.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid