Jahon | 17:17 / 22.01.2019
34988
1 daqiqa o‘qiladi

Surgut – Moskva yo‘nalishidagi samolyotni Afg‘onistonga burishni talab qilgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Foto: shutterstock/vostock-photo

Surgut – Moskva samolyoti parvoz yo‘nalishini Afg‘onistonga o‘zgartirishni talab qilgan yo‘lovchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi "Interfaks" o‘z manbasiga tayanib.

"Ushbu shaxs qo‘lga olindi, uning yonida qurol bo‘lmagan", degan agentlik suhbatdoshi.

Agentlikning xabar berishicha, samolyot Xanti-Mansiysk aeroportiga qo‘ngan. Aeroportga kirish yo‘liga o‘ndan ortiq politsiya ekipajlari navbatchilik uchun qo‘yilgan.  

Xanti-Mansiysk aeroportining ma'lum qilishicha, samolyot yo‘lovchilariga hozircha samolyotni tark etishga ruxsat berilmagan. 

Xabarlarga ko‘ra, samolyot yo‘lovchisi bo‘lgan 41 yoshli Rossiya fuqarosi laynerni burish va Afg‘onistonga uchishni talab qilgan. Surgutdan parvoz qilgan samolyot Yugorsk ustida yo‘nalishni o‘zgartirgan va Xanti-Mansiyskka kelib qo‘ngan.

Mavzuga oid