Sport | 16:01 / 22.01.2019
31224
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Klichko: Joshuaning boshini uzib tashlashni xohlagandim

Foto: kiev.klichko.org

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko ukasi Vladimirning Buyuk Britaniya vakili Entoni Joshuaga qarshi jangi haqidagi o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Klichkolar bilan bog‘liq bo‘lgan eng so‘nggi jangdan keyin ringga chiqishni juda xohlagandim. Men Vladimirning Entoni Joshua bilan bahsidan so‘ng ringga chiqib, Entonining boshini uzib tashlashni istaganman», - deya sobiq sportchining so‘zlarini keltiradi Xsport.

Shuningdek, Klichkoning aytishicha, o‘zi ham britaniyalikka qarshi ringga ko‘tarilishni xohlagan.

«Bunday istak bor, lekin endi imkoniyat yo‘q. Biroq, jismoniy holatim bunga imkon yaratadi - mening lavozimimda yaxshi holatda bo‘lish kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Klichko Fyuri va Joshua bilan janglar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid