Jahon | 08:08 / 23.01.2019
6804
1 daqiqa o‘qiladi

Peruning sobiq prezidenti Fuximori yana qamoqqa qaytarilmoqda – OAV

Foto: AFP 2019 / Ernesto Benavides

Peruning sobiq prezidenti, avvalroq afv etilib qamoqdan ozod qilingan Alberto Fuximori jazoni o‘tashni davom ettirish va bir vaqtda davolanishdan o‘tish uchun qamoqqa qaytarilmoqda. Bu haqda Comercio portali ma'lum qildi. 

Peruning penitensiar tizimi milliy instituti oliy sudining tegishli qaroridan keyin Fuximori “Barbadilo” turmasiga joylashtiriladi.

2018 yil oktyabrda Peru oliy sudi korrupsiya va boshqa jinoyatlar uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan 80 yoshli Fuximorini afv etish qarorini bekor qilgan. Shundan keyin u betobligi sababli tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Fuximori 2017 yil oxirida mamlakatning sobiq prezidenti Pedro Pablo Kuchinski tomonidan afv etilgandi.

Yapon millatiga mansub bo‘lgan Fuximori 1990 yildan 2000 yilgacha Peruga rahbarlik qilgan. 

Mavzuga oid