Kongress Trampga shatdaun yakunlanmaguncha murojaat bilan chiqishni taqiqlab qo‘ydi
AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi AQSh prezidenti Donald Trampga hukumat faoliyati tiklanmaguncha kongressga “Mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida”gi murojaat bilan yuzlanishiga ruxsat bermasligini aytdi.
“Shuni sizga ma'lum qilish uchun yozyapmanki, vakillar palatasi hukumat ishi tiklanmaguncha prezidentning vakillar palatasi zalida murojaat qilishiga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani ko‘rib chiqmaydi”, deb aytilgan Pelosining Trampga yo‘llangan maktubida.
Tramp maktubning mazmuni jamoatchilikka ma'lum qilingandan keyin Oq uyda jurnalistlar oldidagi nutqida mamlakatdagi vaziyatga o‘z qarashlarini bayon qilish uchun xalqqa murojaat qilishning boshqa yo‘lini topishini aytgan.
Tramp, shuningdek, Pelosining xatti-harakatini “haqiqatni eshitishni istamaslik” deb hisoblashini aytgan.
Avvalroq Tramp amerikaliklarga har yillik an'anaviy murojaatining ikkita variantini tayyorlayotgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
08:07 / 04.01.2021
Nensi Pelosi AQSh vakillar palatasi spikeri lavozimiga qayta saylandi
00:06 / 06.06.2020
Tramp koronavirusdan 2 mln doza vaksina tayyorligini ma'lum qildi
15:47 / 05.06.2020