2018 yilgi Davlat dasturining ijtimoiy soha bo‘yicha 5 ta bandi to‘liq bajarilmagan
2019 yilning 26 yanvar kuni Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiyaning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tatbiq etishga oid Davlat dasturi ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi o‘tkazildi.
Majlisda qayd etilishicha, keyingi ikki yilda fuqarolar turmush sharoitlarini yaxshilashga, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etishga qaratilgan 90 ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va qaror qabul qilindi. Biroq ushbu hujjatlarda belgilangan 13 mingdan ortiq topshiriqning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan. Bu davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari rahbarlari va mahalliy hokimliklarning ishga yetarli darajada mas'uliyat bilan yondashmayotganidan dalolat bermoqda.
Jumladan, o‘tgan yilgi Davlat dasturining Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida 61 ta band belgilangan bo‘lib, ularning 5 tasi to‘liq bajarilmaganligi majlisda alohida aytib o‘tildi. Bu borada aniq misollar keltirilar ekan, so‘zga chiqqanlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilmaganligini, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bandlik va boshqa qator sohalarda qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqilmaganligini ta'kidlab o‘tdilar. Qo‘yilgan vazifalar ijrosiga to‘siq bo‘lgan muammolar tahlili asnosida ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama etildi.
Majlisda ta'kidlanganidek, joriy yilda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya huzurida monitoring guruhi hamda maxsus ishchi guruh tashkil etiladi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024