Jahon | 19:10 / 26.01.2019
6650
1 daqiqa o‘qiladi

Gucci 1,4 milliard yevro miqdoridagi soliqni to‘lamagani ma'lum bo‘ldi

Foto: Max Rossi / Reuters

Gucci brendi egasi, Fransiyaning Kering konglomerati Italiya soliq tizimidan 1,4 milliard yevro qarzdor. Bu haqda o‘tkazilgan audit yakunlariga tayanib Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, audit ma'lumotlari mamlakat soliq agentligi tomonidan tekshirilganidan so‘ng yakuniy natijalar e'lon qilinadi.

2017 yil dekabrda Italiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari soliq to‘lamaganlikda ayblangan Gucci kompaniyasi ofisida tintuv o‘tkazgandi. Politsiyaning  fikricha, brend bir necha yil davomida soliq to‘lamagan va 1,3 milliard yevro miqdorida qarz bo‘lgan.

Italiyaning Gucci modalar uyiga 1921 yilda modeler Guchcho Guchchi tomonidan asos solingan. Kompaniya kiyim-kechak, parfyumeriya, aksessuarlar va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid