Sport | 22:10 / 26.01.2019
10558
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyalik tennischi Australian Open finalidagi g‘alabasidan so‘ng jahon tennisi tarixiga kirdi

Foto: AP

Australian Open finalida chexiyalik tennischi Petra Kvitova ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng Naomi Osaka jahon reytingida birinchi o‘rinni zabt etgan ilk yaponiyalik tennischiga aylandi.

Osaka Kvitovani 7:6 (2), 5:7, 6:4 hisobida yengdi. Bahs 2 soat 27 daqiqa davom etdi.  

Osaka jahon reytingini boshqarayotgan ilk yaponiyalik bo‘lishdan tashqari, dunyodagi eng yosh birinchi raketka ham bo‘ldi. 21 yoshli Osaka Ulkan dubulg‘a turkumidagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. U birinchi sovrinni US Open finalida amerikalik Serena Uilyamsni yengganidan so‘ng olgandi.

2018 yil boshida Osaka WTA reytingida 72-o‘rinda joylashgandi.

Mavzuga oid