O‘zbekiston | 10:40 / 28.01.2019
84065
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilgan. Yangi vazirlik tarkibiga Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligi qo‘shilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallagani xabar berilgandi.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosari —Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Mavzuga oid