Jahon | 10:57 / 29.01.2019
4458
2 daqiqa o‘qiladi

Brexit bo‘yicha takroriy ovoz berish sanasi kechiktirildi

Foto: AFP/Getty Images

Buyuk Britaniya parlamenti a'zolari Brexit talablari to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha 13 fevral kuni ovoz beradi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Brexit uchun ovoz berishning yangi sanasi to‘g‘risida mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey konservatorlar bilan kechgan uchrashuvda ma'lum qilgan. U partiya a'zolarini kelishuvga kiritilgan o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Yangi tahrirdagi kelishuv Shimoliy Irlandiyaning Yevropa Ittifoqi bojxona kengashi va yagona Yevropa bozori tarkibida qolmasligini nazarda tutadi.

Reuters agentligining hukumatdagi manbasi esa ovoz berish jarayoni ko‘chirilgani haqidagi ma'lumotni inkor qilmoqda. Sana ko‘chirilgani to‘g‘risidagi xabar parlament a'zolarini bugungi saylov Brexit bo‘yicha oxirgi saylov emasligiga ishontirish maqsadida tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Buyuk Britaniya Vakillar palatasi mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risida Bryussel tomonidan ma'qullangan rejasini inkor qilgandi. Shundan so‘ng leyboristlar yetakchisi Jyeremi Korbin baribir o‘z lavozimida qolgan Tereza Meyning iste'fosi uchun ovoz berish tashabbusi bilan chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat Bosh vaziri 21 yanvardagi chiqishida parlamentga Brexit bo‘yicha yangi rejasini taqdim etgan va reja 29 yanvarda ovozga qo‘yilishi mo‘ljallangandi.

Mavzuga oid