Jahon | 13:28 / 03.02.2019
4871
2 daqiqa o‘qiladi

Mey Bryusselga borib Brexit shartlarini o‘zgartirishga urinmoqchi

Foto: Alastair Grant / AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Leyboristlar partiyasi rahbari Jyeremi Korbindan uni qo‘llab-quvvatlashini so‘radi va Bryusselda «Britaniya uchun kurashishga» va'da berdi. Siyosatchi Brexit shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralarni yangilash uchun Belgiyaga borishni rejalashtirmoqda. U bu haqda Telegraph gazetasiga yozgan maqolasida ma'lum qildi.

Meyning yozishicha, Irlandiya Respublikasi (YeI a'zosi) va Shimoliy Irlandiya (Buyuk Britaniya tarkibida YeIdan chiqib ketishi mo‘ljallanayotgan) o‘rtasidagi bahsli chegara masalasi «Bryussel bilan birgalikda» hal etilishi lozim.

Irland «bekstopi» deb atalayotgan vaziyatga ko‘ra, Shimoliy Irlandiya va Irlandiya o‘rtasida chegara bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, Shimoliy Irlandiya Brexit o‘tish davri boshlanganidan so‘ng YeI bojxona ittifoqi va yagona Yevropa bozori tarkibida bo‘lishi lozim.

Brexit 29 martga mo‘ljallangan. Shundan so‘ng, Meyning rejasiga ko‘ra (ushbu reja Britaniya parlamenti tomonidan rad etilgan) Buyuk Britaniyada 2020 yil 31 dekabrgacha o‘tish davri amal qiladi.  

Mavzuga oid