Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash to‘g‘risidagi hukumat qaroriga qo‘shimcha kiritildi
Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 9-son, 51-modda) 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
“Budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinchi qismi 2-bandiga muvofiq qo‘llanilgan jarimalar budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbai bo‘lib hisoblanmaydi hamda jarimalar summasi tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi. Bu ish haqi xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan budjetdan mablag‘ oluvchilarga ham tatbiq etiladi".
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - moliya vaziri J.Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
07:50 / 17.12.2024
Har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuziladi
07:39 / 05.08.2022
Mustaqil OTMlar mablag‘ bilan qanday qo‘llab-quvvatlanishi belgilandi
07:21 / 23.12.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi
20:08 / 25.02.2021