Jamiyat | 18:04 / 04.02.2019
19580
1 daqiqa o‘qiladi

Instagram’dagi rekordchi-tuxumning muallifi kimligi e'lon qilindi

Bir necha hafta muqaddam ijtimoiy tarmoqlar va marketologlar orasida ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan rekordchi tuxum posti muallifi kimligi noma'lum edi.

Buzzfeed News va Mashable nashri jurnalistlari rekordchi world_record_egg tuxum akkauntini yaratgan inson kimligini aniqlashdi.

U Londondagi the & partnership marketing agentligi xodimi Kris Godfri ekanligi oshkor bo‘ldi. Godfri ushbu marketing agentligida art-direktor bo‘lib ishlaydi. Marketing mutaxassisi boshqa yirik brendlar bilan ham hamkorlikda ishlagan. Ular orasida Google va Lexus kompaniyalari bor. 

Ko‘p yillik tajriba Krisga rekordchi tuxum ortidan qancha daromad olib kelgani aniq emas, world_record_egg esa AQShdagi Superboul musobaqasi uchun Hulu translatsiyasi reklamasi sifatida xizmat qilgan.

Mavzuga oid