O‘zbekiston | 15:59 / 04.02.2019
10979
2 daqiqa o‘qiladi

Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan yangi loyiha ishlab chiqilmoqda

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

2019 yilning 31 yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Koreya (Koryo) universiteti rahbariyati vakillarining professor Do Seonom boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a'zolarini vazirning birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev hamda Hududlarga innovatsiyalarni joriy qilish va tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i Mo‘min Tolibov qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar tarqatgan. 

Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda professor Do Seonom quyosh energetikasi texnologiyalarini qo‘llagan holda Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarini tiklashga qaratilgan «ASSURE​» loyihasi haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, ayni kunlarda jahondagi global muammolar bilan shug‘ullanadigan Koreya (Koryo) universitetining  GREEN SCHOOL​ doktorantlari, yetakchi olimlar mazkur loyihani ustida ishlayotganlari to‘g‘risida gapirdi.

Muzokaralar natijasida tomonlar mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish maqsadida joriy yilning aprel oyida  GREEN SCHOOL​ va Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘rtasida memorandum imzolash va loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tuzishga kelishildi.​

Mavzuga oid