O‘zbekiston | 18:03 / 05.02.2019
5902
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasiga a’zo bo‘ladi

O‘zbekiston 2019 yil fevraldan Islom taraqqiyot banki guruhiga tegishli bo‘lgan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda «Islom moliyasi» telegram kanali xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda tegishli ikki tashkilot qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Shu bilan O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki guruhining barcha tashkilotlariga a’zolikni qo‘lga kiritdi.

Islom taraqqiyot banki guruhining quyidagi tashkilotlari mavjud:

1. Islom taraqqiyot banki
2. Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi
3. Xalqaro islom savdo-moliya tashkiloti
4. Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi
5. Islomiy tadqiqot va o‘quv muassasasi 

ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qarashli yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqalar kabi qishloq xo‘jaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qarzlar beradi. Ushbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga oid