O‘zbekiston | 12:29 / 07.02.2019
11699
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hay'ati a'zolari tasdiqlandi 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hay'ati a'zolari tasdiqlandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hay'ati a'zolarining soni besh kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. Islamov Bobir Farxadovich - rais
2. Kadirxodjayev Azam Alisherovich - raisning birinchi o‘rinbosari
3. Aliqulov Toxir Murodullasvich - rais o‘rinbosari
4. Mavlonov Aslon Akramovich - rais o‘rinbosari
5. Rustamov Asror Ikramovich - Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklandi.

Mavzuga oid