O‘zbekiston | 12:36 / 08.02.2019
94796
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Sayyora Rashidova otasi va Islom Karimov haqida

Islom Karimov Fondi vakillari Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova bilan intervyu tashkillashtirishdi.

Sayyora Rashidova intervyu davomida otasining nomi oqlanishi, Islom Karimov bilan 1991 yildagi ilk uchrashuvi, Ombudsman lavozimidagi faoliyati hamda padari buzrukvori xususidagi shaxsiy xotiralari haqida gapirgan.

«Oilamiz ta'qib ostida edi. Islom Abdug‘aniyevich hokimiyatga kelgach, avvalo, nafaqat mening otam, balki butun xalqning nomini oqlashga bel bog‘ladi. Kommunistik partiya hukmronligi davrida O‘zbekistonning pok nomini tiklashga kirishmoq uchun ulkan jasorat sohibi bo‘lish lozim edi. Islom Karimov yurtdoshlarimizga inson o‘z Vatani uchun sidqidildan mehnat qilsa, xalqi uni aslo unutmasligini eslatdi», - deb xotirlaydi Sayyora Rashidova.

Sharof Rashidov O‘zbekiston SSRni 1959 yildan 1983 yilga qadar, 24 yil davomida boshqargan hamda respublika xalqining katta mehr-muhabbati va hurmatiga sazovor bo‘lgan inson edi. Aynan Rashidov boshqaruvi davrida, Toshkent shahri 1966 yilda sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan so‘ng qaytadan bunyod etilgan edi. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalarida «paxta ishi» yoki «o‘zbek ishi» deb atalgan uydirmalar oqibatida Sh.Rashidov nomi nohaq qoralanib, o‘sha mudhish yillarda minglab begunoh insonlar hibsga olingan edi.

Mavzuga oid