«Rossiya to‘lashi kerak»: Britaniya mudofaa vaziri Brexit’dan keyingi rejalar haqida
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning ma'lum qilishicha, mamlakat Yevroittifoq tarkibidan chiqqandan keyin o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun «qattiq kuch» qo‘llashga tayyorlanishi kerak. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva «o‘z fitnalari uchun narx to‘lashi kerak bo‘ladi». Britaniyalik vazir aytishicha, bu fitnalar orasida Rossiyaning AQShda 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuvi, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning «Novichok» asab-falajlovchi modda bilan zaharlanishi, shuningdek, Qrim yarim orolining Rossiyaga qo‘shib olinishi bor. Britaniya Solsberidagi hodisa uchun Rossiya javobgar ekanini bildirmoqda.
«Rossiya bunday harakatlar uchun narx to‘lashi kerak», - deya ma'lum qildi Uilyamson.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Skripallarni zaharlashda qatnashgan yana ikki kishini topgandi.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
00:10
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024