Jahon | 12:53 / 15.02.2019
28768
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Xitoy devori muzlab qoldi va katta muzli tepalikka aylandi

Foto: PA

Buyuk Xitoy devori yo‘laklarida kuchli qor tufayli xavfli muz qatlami paydo bo‘ldi, bu diqqatga sazovor joyga tashrif buyurishni qiyinlashtirmoqda, deb xabar beradi Metro.

Guvohlar devor bo‘ylab sirg‘anib ketayotgan sayyohlarni kameraga muhrlashdi. Videoda tashrif buyuruvchilardan biri toshloq qiyalikdan pastga sirpanib ketayotgani va muzlab qolgan chorqirra tosh ustida o‘tirgan dugonasiga kelib urilganini ko‘rish mumkin. Keyingi kadrlarda diqqatga sazovor joyga ko‘tarilishi maqsadida bo‘lgan bir necha turist tutqichni mahkam ushlab olgani tasvirlangan. Biroq, ba'zi sayyohlar tizzaga yiqilgan hamda tepaga tizza va kaftlarni yerga qo‘ygan holda emaklab chiqqan.

2018 yil avgustida Airbnb turar-joyni onlayn bronlash xizmati o‘z mijozlari tunni Buyuk Xitoy devorining minoralaridan birida o‘tkazishi mumkinligi haqida ma'lum qildi, u yerda qulay xona jihozlanishi aytilgandi.

Mavzuga oid