Jahon | 14:48 / 15.02.2019
30713
1 daqiqa o‘qiladi

Kemerovo oblastida «qora qor» yog‘di

Rossiyaning Kemerovo oblasti hududidagi 3ta shaharda - Prokopevsk, Kiselevsk va Leninsk-Kuznetskda qora qor yoqqan.

«Interfaks» xabariga ko‘ra, hudud prokuraturasi mahalliy nashrlarda foydali qazilmalar qayta ishlanadigan «Prokopevskaya» fabrikasidan ko‘mir kukunlari chiqarib tashlangani haqida tarqalgan xabar ortidan tekshiruv boshlagan.

Kemerovo oblasti gubernatori o‘rinbosari Andrey Panov ifloslanish sababi bug‘ qozonlari bo‘lishi ham mumkinligini aytib o‘tgan. «Vedomosti» shaharlar ko‘chalari qora qor bilan qoplangandan keyin qanday manzara yuzaga kelgani tasvirlangan suratlarni keltirgan.

 

Mavzuga oid