O‘zbekiston | 15:02 / 16.02.2019
19947
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori tayinlandi 

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Jumaniyozovich Abdullayev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bergan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2019 yil 8 fevral kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Filialning asosiy vazifasi yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta'minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hisoblanadi.

 

Mavzuga oid