Eron Isroil bilan urush xavfidan ogohlantirdi
Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildiki, Isroil va AQShning Yaqin Sharqdagi harakatlari urushga olib kelishi mumkin. Eronlik vazir Myunxenda 17 fevral kuni xavfsizlik masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiya vaqtida shu haqda gapirgan.
«Albatta, ayrimlar urush istamoqda... Isroil», degan Javod Zarif.
U Isroilni Suriyadagi bombardimonlari uchun xalqaro huquqni buzishda, Yevropani esa bunga e'tiborsizlikda ayblagan.
«Urush xavfi katta. Agar xalqaro huquq buzilishiga ko‘z yumishda davom etsangiz, bu xavf yiriklashishda davom etadi», degan vazir.
U shuningdek, Eron 2015 yilgi yadro kelishuvga rioya qilib kelayotganini ta'kidlagan, shu bilan birgalikda, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Germaniya rasmiy Tehron bu kelishuvdan iqtisodiy manfaat ko‘rishi uchun yetarli darajada ish olib bormaganini qayd etib o‘tgan.
21 yanvar kuni Isroil Razvedka va transport vaziri Israel Kats eronliklar Suriyadagi pozitsiyasini mustahkamlashiga javoban, Isroil Eron bilan ochiqchasiga qarama-qarshilikka kirishishi haqida gapirgandi. «Bizning siyosatimiz o‘zgardi. Bu Eron bilan ochiqcha qarama-qarshilik hisoblanadi. Kerak bo‘lsa, buni yanada kuchaytiramiz», degandi u.
Undan avvalroq, Isroilning raketa hujumidan mudofaa tizimi Suriya hududidan yo‘llangan «yer-yer» toifasidagi raketalarni tutib qolgandi. Bunga javoban Isroil HHK Eronning Suriyadagi «Al-Quds» bo‘linmalariga va boshqa harbiy obektlariga, keyin esa Suriyaning havo hujumidan mudofaa tizimiga zarba yo‘lladi.
Eron Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Aziz Nosirzoda esa Eron urushga tayyorligi, eronliklar Isroilni butunlay yakson etishga qodirligi haqida bayonot berdi.
Mavzuga oid
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024