O‘zbekiston | 07:56 / 20.02.2019
16511
2 daqiqa o‘qiladi

MIB qoshidagi markaz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi va u mazkur Markazning ta'sischisi sifatida belgilandi. 

Belgilab qo‘yilishicha:

davlat mulki obektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish bo‘yicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi; 

2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi; 

davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga berish uchun elektron savdolarga chiqarishda ular bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkasi obektni balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish maqsadida ko‘rsatilgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ko‘rsatiladi; 

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk obektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi. 

Mavzuga oid