Jamiyat | 11:00 / 21.02.2019
33333
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Maktab o‘quvchilari diqqatiga: «Kenguru» xalqaro matematik tanlov-o‘yinida ishtirok eting!

2019 yilning 25 martida O‘zbekistonda ikkinchi marotaba maktab o‘quvchilari uchun «Cheksiz Kenguru» matematik tanlov-o‘yini o‘tkaziladi.

«Kenguru» tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20 asrning 80-yillari boshlarida, eng oddiy maktab o‘quvchilariga matemetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida yaratgan. Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarning qalbini zabt etgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun matematikani mukammal bilish lozim emas. 2-11 sinfdagi har bir o‘quvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin. «Kenguru» tanlovi har bir ishtirokchiga kuch va bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Unda g‘oliblar va mag‘lublar yo‘q, aksincha bu yerda tanlovsevar, sarguzashtlarni intiqlik bilan kutadigan, noaniqlik va yangiliklarga tik qaraydigan va albatta umumjahon «Kenguru» birlashmasi muxlislari qatoriga qo‘shilishga tayyor yosh bilim egalari to‘planadilar.

Tanlov topshiriqlariga kelsak, ular har bir o‘quvchi, hatto matematikani yoqtirmaydigan, hatto undan qo‘rqadigan kishi ham o‘zi uchun qiziqarli va qulay bo‘lgan savollarni topa olishiga mo‘ljallab tuzilgan. Ularni yechish uchun barcha formulalarni yoddan bilishdan ko‘ra, tasavvurga ega bo‘lish va fikrlay ola bilish qobiliyati muhimroq. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi bolalarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, ularning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir. Tanlov shiori – «Matematika hamma uchun!».

 

Ko‘pchilik tanlovga qanday tayyorlanish mumkinligi haqida so‘raydi. Biz telegram kanalimizga yoki instagram va feysbuk ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarimizga qo‘shilishni, biz bilan birgalikda har kuni oldingi yillarning noan'anaviy va qiziqarli masalalarini yechishni tavsiya qilamiz.

Albatta, barchani tanlov qayerda va qanday o‘tishi qiziqtiradi. Bu yil, qatnashchilarga qulaylik yaratish maqsadida, har bir o‘quvchi tanlov masalalarini o‘zi o‘qib turgan joyda yechadi. 

Tanlov tashkilotchilari, tanlovni dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan tarzda tashkil etish imkoniyati uchun Xalq Ta'limi Vazirligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Har bir qatnashchiga vazifaning qog‘oz nusxasi va javoblar varaqasi topshiriladi. Ishtirokchilar 75 daqiqa mobaynida vazifalarni bajarishlari va javob varaqalarini o‘qituvchilarga topshirishlari lozim. Vazifalar berilgan qog‘ozni o‘zlari bilan, esdalik uchun olib qolishadi.

Tanlov mualliflari, xalqaro tashkiliy qo‘mita va O‘zbekistondagi tanlov tashkilotchilari, har bir bola bu matematika bayramida qatnashishdan zavq olishiga kafolat berishadi. Nafaqat bir olam hursandchilik balki tanlov shartlariga ko‘ra har bir ishtirokchi sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi. 

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim

Eslatma!

Ro‘yxatdan o‘tish to‘lov amalga oshirilgandan so‘nggina haqiqiy sanaladi. Tanlovda ishtirok etish narxi – 30000 so‘m.

Sizning qulayligingiz uchun tashkilotchilar ro‘yxatdan o‘tishning 2 xil usulini taklif etadilar:

1. www.olympia.uz tashkilotchilar sayti orqali. Saytda to‘lovni amalga oshirish uchun sizdan to‘lov kartochkasi talab qilinadi. Ishtirokchi va uning o‘qish joyi haqidagi ma'lumotlar kiritilgandan so‘ng, Siz avtomatik tarzda, to‘lovni amalga oshirish uchun Payme saytiga elektron manzil yuboriladi. Agar Siz to‘lovni kechroq amalga oshirishni istasangiz buni Payme tarmog‘i orqali, To‘lov/o‘rganish bo‘limida amalga oshirishingiz mumkin. Faqat Sizga yuborilgan sms kodni albatta saqlab qo‘ying.

2. @olympiauz_bot  telegram bot orqali.

Telegram: t.me/contest_kenguru_uz

Instagram: @kangaroouzbekistan

Feysbuk: fb.com/kangaroouzbekistan

Telefonlar: +99899 831 9770, +99899 833 9770, +99899 908 9770, +99899 992 9770, +99899 994 9770

Shoshiling, vaqt oz qoldi!

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid